REFLEKTIV KOMPETENSIYANING TUZILISHI, PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy shakllanishida refleksiv kompetensiyaning tuzilishi, pedagogik jihatlari va psixologik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Rus va O‘zbek pedagogika fanining asosiy nazariy kontseptsiyalariga tayanib, maqolada refleksiv kompetensiyaning asosiy komponentlari – motivatsion, kognitiv, operatsion, shaxsiy va integrativ – tahlil qilinadi hamda mazkur tushuncha pedagogik refleksiyadan farqlanadi. Xorijiy til ta‘limidagi o‘rni, xususan, mustaqil va tanqidiy fikrlovchi o‘quvchilarni shakllantirishga alohida e‘tibor qaratiladi. Kalit so'zlar: refleksiv kompetensiya, pedagogik refleksiya, o‘qituvchilarni tayyorlash, kasbiy kompetensiya, xorijiy til ta‘limi, CEFR, o‘z-o‘zini boshqarish.
