MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TALABALARNING MAʼNAVIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada milliy qadriyatlar asosida talabalarning maʼnaviy dunyoqarashini rivojlantirishning mazmun-mohiyati ilmiy-pedagogik jihatdan yoritilgan. Maʼnaviy dunyoqarash tushunchasining tarkibiy komponentlari, milliy qadriyatlarning tarbiyaviy salohiyati hamda taʼlim jarayonida ularni integratsiyalashning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, talabalar maʼnaviy dunyoqarashini rivojlantirish mazmuni motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli va refleksiv baholash mezonlari asosida izohlanadi. Kalit so'zlar: milliy qadriyat, maʼnaviyat, maʼnaviy dunyoqarash, tarbiya, taʼlim jarayoni, talaba shaxsi, qadriyatli yondashuv, pedagogik integratsiya.
