1–4-SINF TARBIYA DARSLARIDA AXLOQIY FAZILATLARNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxs sifatida kamol topishida eng muhim omillardan biri axloqiy tarbiyadir. Maktab tarbiya tizimi bolaning dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy muhitda to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlanishi uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchi bu bosqichda hayotiy qadriyatlar, insoniy fazilatlar, jamiyatga foyda keltiruvchi xususiyatlarni o‘zlashtirish orqali o‘zini to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalab boradi. Shu sabab 1–4-sinf bosqichida axloqiy tarbiya masalasi alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Kalit so'zlar: Boshlang‘ich sinf, tarbiya darsi, axloqiy fazilat, o‘qituvchi, metodika, mehr-oqibat, Vatanga sadoqat, insonparvarlik.
