STEAM TA’LIMI MUHITIDA O‘QUVCHILARDA 4K KOMPETENSIYALARINI SHAKLANTIRISHNING METODIK IMKONIYATLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada STEAM ta’limi muhitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida 4K kompetensiyalarini — kreativlik, kritik fikrlash, kommunikatsiya va kollaboratsiyani shakllantirishning nazariy asoslari tahlil qilingan, mazkur kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi tavsiya etilgan. Shuningdek, STEAM ta’lim muhitida tashkil etilgan boshlang‘ich ta’limda fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlariga oid integratsiya jarayoni o‘quvchilarning amaliy, ijodiy va tadqiqotchilik faoliyatini faollashtirishga xizmat qilganligi ilmiy asoslab berilgan. Bugungi milliy ta’lim tizimiga STEAM komponentlarini samarali joriy etish va 4K kompetensiyalarini o’zaro uyg’unligini ta’minlash maqsadida o‘qituvchi tayyorgarligi, metodik qo‘llab-quvvatlash, darsni loyihalash, resurslar, baholash va refleksiya omillari tahlil qilingan. Maqolada boshlang‘ich sinflar uchun STEAM–4K uyg’unligini ta’minlash bosqichlari, amaliy topshiriqlari namunasi va baholash mezonlari taklif etilgan. Kalit so'zlar: STEAM ta’lim muhiti, 4K kompetensiyalari, boshlang‘ich ta’lim, raqamli transformatsiya, kreativlik, kritik fikrlash, kommunikatsiya, kollaboratsiya, integratsiyalashgan ta’lim, pedagogik texnologiya, ta’lim vositalari.
