MARHAMAT TUMANI QADAMJOLARI BILAN BOG’LIQ QARASHLAR VA ULARNING KELIB CHIQISHI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada Marhamat tumanidagi ziyoratgoh va qadamjolari bilan bog’liq qarashlar va ularning kelib chiqishi haqida ma`lumotlar keltiriladi. Bu ziyoratgohlar o’zining g’ayritabiiy shifo xususiyatlari, shifobaxsh buloqlari, ularning nomlanishi va yashab o’tgan shayx va pirlarning karomatlariga bag`ishlangan. Bunday ziyoratgohlar o‘zining diniy va madaniy ahamiyati bilan birga, turizm rivojlanishida ham muhim rol o’ynaydi. Har bir ziyoratgoh tarix va xalqimizning asriy qadriyatlari, din va uning marosimlariga qarashlari haqida guvohlik beradi. Moddiy-madaniy me’roslarimizning asrab qolinishi va ziyorat turizmini yangi bosqichga olib chiqish maqsad qilib olingan. Kalit so'zlar: Bandi ota, Oqbosh ota, Alitepa, Go’zal ota, Bobo Xuroson ota, Xotin qum, Xoʻja Bosmon ota, Mirishkor ota.
