CHET TILLARINI O‘QITISHDA O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI O‘RTASIDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MULOQOT
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada chet tillarini o‘qitish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi pedagogik-psixologik muloqotning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati va ta’lim samaradorligiga ta’siri kompleks tarzda tahlil etiladi. Tadqiqot davomida muloqotning kommunikativ kompetensiyani shakllantirishdagi o‘rni, o‘quvchilarning psixologik holatiga ta’siri hamda motivatsiyani oshirishdagi roli ochib beriladi. Shuningdek, samarali pedagogik muloqotni tashkil etishning metodik modeli ishlab chiqilib, tajriba-sinov ishlari orqali uning samaradorligi asoslab beriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ijobiy pedagogik-psixologik muloqot o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, nutq faolligini rivojlantiradi va bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: pedagogik muloqot, psixologik yondashuv, chet tili, kommunikativ kompetensiya, motivatsiya, interaktiv metodlar.
