TEXNIK QIZIQISH VA KASBIY ORIENTATSIYA O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIKNI EMPIRIK MODELLASHTIRISH: TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLAR YO‘NALISHI MISOLIDA




TEXNIK QIZIQISH VA KASBIY ORIENTATSIYA O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIKNI EMPIRIK MODELLASHTIRISH: TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLAR YO‘NALISHI MISOLIDA


Mualliflar:
Elmanov Abbos Begmat o’g’li, Mirzaumidov Asilbek Shuxratjonovich


Annotatsiya Mazkur tadqiqotda maktab bitiruvchilarining texnik va mexanikaga bo‘lgan qiziqishlari asosida ularning texnologik mashinalar va jihozlar yo‘nalishini tanlashga bo‘lgan kasbiy orientatsiyasi empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot 2026-yil aprel oyida o‘tkazilgan keng ko‘lamli so‘rovnoma natijalariga asoslanib, 23 235 nafar respondent ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi. Statistik tahlil natijalari texnik qiziqish darajasi bilan muhandislik yo‘nalishini tanlash o‘rtasida sezilarli bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi (χ² = 1709.98; p < 0.001). Logistik regressiya modeli asosida texnik qiziqish darajasi yuqori bo‘lgan respondentlarda texnologik mashinalar va jihozlar yo‘nalishini tanlash ehtimoli 4.86 baravar yuqori ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari asosida kasbiy kompetensiyani shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqildi. Kalit so'zlar: kasbiy kompetensiya, texnik qiziqish, kasbiy orientatsiya, muhandislik ta’limi, logistik regressiya