STEM YO‘NALISHIDAGI MAKTABLARDA CHET TILLARNI O‘QITISH METODIKASI TAHLILI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) yo‘nalishidagi maktablarda chet tillarni o‘qitish metodikasining nazariy va amaliy jihatlari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, jumladan, CLIL (Content and Language Integrated Learning), kommunikativ metod, vazifaga asoslangan o‘qitish (Task-Based Learning) hamda raqamli texnologiyalar integratsiyasining o‘rni ilmiy asosda yoritiladi. Xalqaro va mahalliy tadqiqotlar tahlili asosida STEM muhitida chet tilini o‘qitishning samarali strategiyalari aniqlanadi hamda ularning amaliy ahamiyati ochib beriladi. Kalit so'zlar: STEM ta’limi, chet til o‘qitish metodikasi, CLIL, kommunikativ yondashuv, vazifaga asoslangan o‘qitish, integratsiya, raqamli texnologiyalar
