IZOMETRIK MASHQLAR ORQALI TALABALARNING KUCH JISMONIY SIFATINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Mualliflar: G‘afurov Abduvoxid Maxmudovich
Annotatsiya Mazkur maqolada talabalarning kuch jismoniy sifatini izometrik mashqlar asosida takomillashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan va uning samaradorligi tajriba-sinov ishlari orqali asoslangan. Tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, testlash, dinamometriya va matematik-statistik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tajriba va nazorat guruhlari natijalari taqqoslanib, izometrik mashqlarni bosqichli va individual yondashuv asosida qo‘llash kuch ko‘rsatkichlarining sezilarli oshishiga olib kelishi aniqlangan. Olingan natijalar izometrik yuklamalarning mushak kuchini rivojlantirishdagi samaradorligini tasdiqlaydi hamda oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit so'zlar: Izometrik mashqlar, kuch sifati, statik yuklama, pedagogik texnologiya, talabalarning jismoniy tayyorgarligi, kuchni rivojlantirish, jismoniy tarbiya.
