PARADZYUDO SPORTCHILARINING MARFOFUNKSIONAL VA PSIXOFIZIOLOGIK HOLATINI KOMPLEKS BAHOLASH HAMDA INDIVIDUAL TAYYORGARLIKNI OPTIMALLASHTIRISH
Mualliflar: Ishlayeva Elvina Uralovna
Annotatsiya Mazkur maqolada paradzyudo sportchilarning marfofunksional va psixofiziologik holati kompleks tarzda tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida sportchilarning tana-vazn indeksi, tana uzunligi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi hamda reaksiya tezligi ko‘rsatkichlari baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ishtirokchilarning aksariyatida tana-vazn indeksining me’yoriy darajadan yuqoriligi, ya’ni 1–2-darajali semizlik holatlari qayd etilgan. O‘pkaning tiriklik sig‘imi ko‘rsatkichlari asosan me’yoriy diapazonda bo‘lsa-da, ayrim sportchilarda funksional zaxiraning cheklanganligi aniqlangan. Psixofiziologik baholash natijalariga ko‘ra, reaksiya tezligi darajalarida individual farqlar mavjud bo‘lib, bu holat ko‘rish nuqsoni fonida sezgi-motor muvofiqlik va muvozanatni saqlashga ta’sir ko‘rsatadi. Olingan natijalar asosida paradzyudo sportchilari uchun individual yondashuvga asoslangan mashg‘ulot dasturlarini ishlab chiqish zarurligi asoslab berildi. Kalit so'zlar: paradzyudo, marfofunksional holat, psixofiziologik tayyorgarlik, tana-vazn indeksi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, reaksiya tezligi.
