AUTIZM: BELGILARI, SABABLARI VA DAVOLASH
Mualliflar: Adashaliyeva Mexribonu Mirzoxid qizi, Oribboyeva Dilafruz Dadamirzayevna
Annotatsiya Ushbu maqolada autizm tushunchasi, uning paydo bo‘lish sabablari va asosiy belgilari to‘g‘risida fikr mulohazalar yoritilgan. Autizm tushunchasiga berilgan ta’riflar izohlanib, uning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, autizm qanday holatlarda namoyon bo‘lishi va uni davolash usullari haqida bayon qilinadi. Autizmning asosiy belgilari, kelib chiqish sabablari atroflicha o‘rganilib, olingan xulosalar umumlashtirilib, davolash usullari bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan. Kalit so'zlar: maxsus pedagogika, autizm, sindrom, kasallik, ruhiyat, nogironlik, davolash usullari.
