GEOGRAFIYA O‘QITUVChISI KASBIY KOMPETENSIYASINING MOHIYATI VA TARKIBIY QISMLARI




GEOGRAFIYA O‘QITUVChISI KASBIY KOMPETENSIYASINING MOHIYATI VA TARKIBIY QISMLARI


Mualliflar: Abduraxmonov Botirjon Mirzamaxmudovich

Annotatsiya Ushbu maqolaning maqsadi geografiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi mohiyatini ochib berish va ularni zamonaviy ta’lim resurslari (GIS, VR, multimedia) bilan integratsiya qilishning ilmiy-pedagogik asoslarini tadqiq etishdan iborat. Ishda tizimli tahlil, ierarxik modellashtirish hamda ta’limda raqamli texnologiyalarning samaradorligini aniqlash maqsadida statistik qiyoslash metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, multimedia vositalarining ta’limdagi ulushi 78% ni tashkil etsa-da, professional GIS-dasturlarini qo‘llash darajasi atigi 12% ni tashkil etadi. Tajriba-sinov ishlari raqamli vositalardan foydalanish o`quvchi-talabalarning fazoviy tafakkurini sezilarli darajada oshirishini isbotladi. Geografiya ta’limi sifatini oshirish uchun "Geografiya ta’limi milliy raqamli resurslar portali"ni yaratish hamda pedagoglar uchun maxsus "Uzluksiz kasbiy rivojlanish" (CPD) modullarini joriy etish zaruriyati asoslab berildi. Mazkur chora-tadbirlar O‘zbekistonning PISA xalqaro reytingidagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: Kasbiy kompetensiya, geografiya o‘qituvchisi, ta’lim texnologiyalari, integratsiya, GIS-texnologiyalar, metodologik madaniyat, raqamli ta’lim, geymifikatsiya, PISA, metodik tafakkur.