YADRO FIZIKASI TA’LIMIDA SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING INTEGRATSIYASI
Mualliflar: Yusupov Dilmurod Abdurashidovich, Qo‘chqorov Hoshimjon Ortiqovich, Xusenova Mahliyoxon Muxammadjon qizi
Annotatsiya Ushbu maqola zamonaviy axborot texnologiyalarini sun’iy intellekt (SI) bilan integratsiyalash jarayonlari, fizikaning yadro fizikasi bo‘limi ta’limi jarayonlarida kompyuter texnologiyalari dasturlaridan foydalanish orqali o‘qitishning samarador natijalariga erishish mumkinligi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, yadro fizikasi mavzularini texnologik yutuqlar bilan boyitilib, namoyishli tarzda o‘qitilishi o‘quvchi dunyoqarashini zamonga mos xolda shakllanishiga yordam berishi asoslab berilgan. Kalit so'zlar: sun’iy intellekt (SI), xborot texnologiyalari, raqamli infratuzilma, yadro fizikasi, modellashtirish, yadro jarayonlari.
