RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA FIZIKANI VIRTUAL O‘RGANISHNING KONSEPTUAL MODELI




RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA FIZIKANI VIRTUAL O‘RGANISHNING KONSEPTUAL MODELI


Mualliflar: Xoliqov Qurbonboy To‘ychiyevich

Annotatsiya Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar asosida fizikani virtual o‘rganishning konseptual modeli ishlab chiqilib, uning didaktik va metodik asoslari tizimli ravishda yoritiladi. Model ta’lim jarayonini “kirish-jarayon-natija” mantiqida tashkil etishga asoslanadi hamda talabalar xususiyatlari, fan mazmuni, ta’lim standartlari, texnik infratuzilma, raqamli texnologiyalar muhiti, pedagogik mexanizmlar, o‘quv faoliyati, baholash va teskari aloqa, hamda natijalar kabi tarkibiy bloklarni qamrab oladi. Tahlil natijalariga ko‘ra, ishlab chiqilgan model fizika ta’limida abstrakt jarayonlarni vizuallashtirish, tajriba resurslari cheklangan sharoitlarda o‘qitish samaradorligini oshirish hamda kompetensiyaviy yondashuvga mos natijalarni ta’minlash uchun metodik jihatdan asoslangan va tizimli konseptual yechim bo‘la oladi. Model raqamli vositalarni alohida qo‘shimcha sifatida emas, balki didaktik mexanizmlar va baholash-analitika bilan integratsiyalashgan boshqaruv tizimi sifatida talqin etadi. Kalit so'zlar: virtual laboratoriya, o‘quv jarayonini boshqarish tizimi, kengaytirilgan va virtual reallik, adaptiv ta’lim, izlanishga asoslangan o‘qitish, muammoli o‘qitish, STEAM yondashuvi, fizika ta’limi, ta’lim analitikasi.