BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA MULTIMODAL TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNING PEDAGOGIK SAMARADORLIGI




BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA MULTIMODAL TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNING PEDAGOGIK SAMARADORLIGI


Mualliflar: Raximova Mushtariy Alisher qizi

Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida multimodal ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik samaradorligi ilmiy-nazariy va metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda multimodal yondashuvning o‘quvchilarning nutqiy, kommunikativ va kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Shuningdek, boshlang‘ich ta’limda turli idrok kanallariga tayangan holda o‘qitishning psixologik asoslari, darsni loyihalash tamoyillari hamda o‘quvchilar faolligini oshirish mexanizmlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari multimodal ta’lim texnologiyalarini qo‘llash o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: multimodal ta’lim, ona tili metodikasi, boshlang‘ich ta’lim, nutqiy kompetensiya, pedagogik texnologiyalar, ta’lim samaradorligi, kognitiv rivojlanish, kommunikativ yondashuv