BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA GOLОGRAMMA TEXNOLOGIYALARINING VIZUAL-KOMMUNIKATIV VA LINGVODIDAKTIK IMKONIYATLARI




BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA GOLОGRAMMA TEXNOLOGIYALARINING VIZUAL-KOMMUNIKATIV VA LINGVODIDAKTIK IMKONIYATLARI


Mualliflar: Raximova Faridabonu Alisher qizi

Annotatsiya Mazkur bo‘limda hozirgi raqamli ta’lim muhitida gologramma (holografik vizualizatsiya) texnologiyalarining boshlang‘ich ta’lim jarayonida qo‘llanishi, uning didaktik va psixologik salohiyati ilmiy jihatdan yoritiladi. Holografik vizualizatsiyaning ko‘p kanalli idrokka ta’siri, vizual va audial kanallar integratsiyasi orqali o‘quv materialini chuqurroq anglash hamda transfer qilishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Shuningdek, golografik modellar orqali lingvistik birliklarni (so‘z turkumlari, gap tuzilishi, matn kompozitsiyasi) fazoviy-vizual modellashtirishning lingvodidaktik afzalliklari tahlil qilinadi. Interaktivlik-refleksivlik, motivatsion ta’sir va fanlararo integrativlik kabi didaktik imkoniyatlar kognitiv multimedia nazariyasi, dual kodlash konsepsiyasi, konstruktivistik hamda ijtimoiy-madaniy yondashuvlar asosida asoslanadi. Kalit so'zlar: gologramma texnologiyasi, holografik vizualizatsiya, vizual-kommunikativ yondashuv, lingvistik modellashtirish, multisensor idrok, interaktivlik, refleksivlik, motivatsiya, integrativlik, kompetensiyaviy yondashuv