OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING MEDIASAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR
Mualliflar: Ahmedova Shahnoza Xusanjon qizi
Annotatsiya Raqamli ta’lim muhitida talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirish faqat pedagogik metodlar bilan emas, balki psixologik omillar bilan ham bevosita bog‘liq. Ushbu maqolada mediasavodxonlikka ta’sir qiluvchi psixologik omillar kognitiv jarayonlar (diqqat, idrok, xotira, kognitiv yuklama), emotsional-irodaviy holatlar (hissiy provokatsiyaga berilish, stress, raqamli charchoq, o‘zini boshqarish), hamda ijtimoiy-psixologik mexanizmlar (ijtimoiy bosim, autoritetga ishonch, algoritmik ta’sirlar, ijtimoiy o‘rganish) doirasida ilmiy asosda tahlil qilinadi. Kalit so'zlar: mediasavodxonlik, raqamli ta’lim muhiti, psixologik omillar, diqqat, tanqidiy tafakkur, raqamli charchoq, ijtimoiy bosim, refleksiya.
