MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA DINIY SIYOSATNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI




MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA DINIY SIYOSATNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI


Mualliflar: Abdusamatova Xolida Rustamovna

Annotatsiya Ushbu maqola mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy siyosatning shakllanishi va rivojlanishining murakkab jarayonlarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qiladi. Maqolada mustaqillikdan so‘ng mamlakatda diniy tashkilotlar, ularning davlat bilan aloqalari, qonunchilik bazasi, ijtimoiy va siyosiy kontekstda diniy siyosatning transformatsiyasi va modernizatsiya jarayonlari batafsil yoritiladi. Shuningdek, maqolada diniy siyosatning milliy xavfsizlik, ijtimoiy barqarorlik va huquqiy tartibga ta’siri ham ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida chet ellik va mahalliy olimlarning diniy siyosat va ijtimoiy transformatsiyalar bo‘yicha nazariyalari sintez qilinib, mustaqillik davrida yuzaga kelgan muammolar va ularning yechimlari izlanadi. Kalit so'zlar: O‘zbekiston, mustaqillik, diniy siyosat, diniy tashkilotlar, huquqiy bazasi, ijtimoiy transformatsiya, milliy xavfsizlik, diniy modernizatsiya.