JALOLIDDIN RUMIY G‘OYALARINING ZAMONAVIY MA’NAVIY TARBIYA TIZIMIDAGI O‘RNI




JALOLIDDIN RUMIY G‘OYALARINING ZAMONAVIY MA’NAVIY TARBIYA TIZIMIDAGI O‘RNI


Mualliflar: Abduhamidova Madina

Annotatsiya Maqolada XIII asr buyuk shoiri va mutasavvifi Jaloliddin Rumiyning (1207-1273) falsafiy-pedagogik g‘oyalari va ularning zamonaviy ma'naviy tarbiya tizimidagi o‘rni tadqiq etiladi. Tadqiqot Rumiyning "Masnavi", "Suhbatlar", "Buyuk devon" asarlari matnlari asosida olib borilgan. Matnli-tahliliy, taqqoslash, interpretatsiya va pedagogik tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Rumiyning insonparvarlik, mehr-muhabbat, bag‘rikenglik, bilim va ma'rifatga intilish g‘oyalari zamonaviy gumanistik pedagogika tamoyillariga mos keladi. Muallifning shaxsiy tahlillariga ko‘ra, Rumiy merosini adabiyot, ma'naviy-axloqiy va estetik tarbiyada samarali qo‘llash mumkin. Kalit so'zlar: Jaloliddin Rumiy, tasavvuf, ma’naviy tarbiya, insonparvarlik, mehr-muhabbat, bag‘rikenglik, pedagogika, Masnavi, zamonaviy ta’lim.