BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA MULTIMEDIALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Mualliflar: Tilavoldiyeva Maftuna
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitishda multimediali texnologiyalardan foydalanishning pedagogik ahamiyati, metodik asoslari va samaradorligi yoritilgan. Multimedia vositalari yordamida o‘quvchilarning matematik tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini oshirish, ularning mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda dars jarayonini interfaol tashkil etish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, boshlang‘ich sinf matematika darslarida qo‘llaniladigan multimedia vositalari va ulardan foydalanish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: multimedia, boshlang‘ich sinf, matematika ta’limi, axborot texnologiyalari, interfaol metodlar, innovatsion ta’lim.
