FALSAFA FANI ORQALI TALABALARDA MADANIY VA MA’NAVIY O‘ZLIKNI ANGLASHNI KUCHAYTIRISHNING PEDAGOGIK YO‘LLARI
Mualliflar: Abdullayev Akmal Nasriddinovich
Annotatsiya Ushbu maqola zamonaviy oliy ta’lim kontekstida falsafa fanining talabalarda madaniy va ma’naviy o‘zlikni anglashni shakllantirishdagi pedagogik ahamiyatini ilmiy tahlil qiladi. Tadqiqotda talabalarning ma’naviy ongini rivojlantirish va ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga bog‘lash jarayonida falsafa fanining integrativ metodlari o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada talabalarning axloqiy, estetik va intellektual komponentlarini uyg‘unlashtirish orqali ma’naviy o‘zlikni mustahkamlash pedagogik yo‘llari, innovatsion pedagogik yondashuvlar va amaliy misollar bilan yoritilgan. Tadqiqot natijalari falsafa fanini o‘qitish jarayonida talabalarning madaniy va ma’naviy rivojlanishini samarali tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: falsafa fani, madaniy o‘zlik, ma’naviy o‘zlik, talaba rivoji, pedagogik metodlar, oliy ta’lim, axloqiy-mental rivojlanish, innovatsion ta’lim.
