MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING DIZAYN KOMPETENTLIGI
Mualliflar: O‘rinova Feruzaxon O‘ljayevna
Annotatsiya Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining dizayn kompetentligi tushunchasi nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Dizayn kompetentligi pedagogning ta’lim jarayonini loyihalash, rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish, didaktik va raqamli vositalarni integratsiyalash hamda innovatsion faoliyatni amalga oshirish qobiliyatini ifodalovchi integrativ kasbiy sifat sifatida asoslanadi. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, kompetensiyaviy paradigma va pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijada tarbiyachining dizayn kompetentligi tuzilmasi ishlab chiqildi va uning motivatsion, kognitiv, operatsion hamda refleksiv komponentlari aniqlashtirildi. Kalit so'zlar: dizayn kompetentligi, pedagogik dizayn, maktabgacha ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, ta’lim muhiti, loyihalash faoliyati, innovatsion pedagogika.
