“MULTIMEDIA VOSITALARI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQ MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI”
Mualliflar: Abduvaliyeva Farida Salimjon qizi
Annotatsiya Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini shakllantirish jarayonida multimedia vositalaridan foydalanishning nazariy va metodik asoslari yoritib beriladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, multimedia vositalarining imkoniyatlari kengayib borayotgan bir davrda, ularni maktabgacha ta’lim tizimiga joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada nutq madaniyati tushunchasining mohiyati, uning tarkibiy qismlari, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari hamda multimedia vositalarining ushbu jarayonga ta’siri tahlil qilinadi. Kalit so'zlar: maktabgacha ta’lim, nutq madaniyati, multimedia, interaktiv texnologiya, raqamli resurslar, animatsiya, audio material, video dars, motivatsiya, diagnostika.
