CHARLZ DIKKENS ROMANLARIDAGI O‘SMIRLAR OBRAZINI YARATISHDA SINONIM VA ANTONIMLARNING ROLI: QIYOSIY VA IJTIMOIY TAHLIL




CHARLZ DIKKENS ROMANLARIDAGI O‘SMIRLAR OBRAZINI YARATISHDA SINONIM VA ANTONIMLARNING ROLI: QIYOSIY VA IJTIMOIY TAHLIL


Mualliflar: Kasimova Yulduz Malikovna, Mahmudjonova Madina Ikromjon qizi

Annotatsiya Ushbu maqolada Charlz Dikkens romanlarida o'smirlar obrazini shakllantirishda sinonimlar va antonimlarning lingvopoetik va ijtimoiy funksiyasi qiyosiy tahlil asosida o'rganiladi. Tadqiqot jarayonida o'smir qahramonlarning ma’naviy qiyofasi, ruhiy holati va axloqiy rivojlanishining ma'no nozikliklari bilan sinonim birliklar orqali ifodalanishi va ularning ichki mojarolari va ijtimoiy muhit bilan munosabatlari qarama-qarshi ma’noliklar yordamida yoritilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, Dikkens asarlarida jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik, tarbiya va sinfiy farqlarni ochib berishda leksik vositalarning roli ko'rsatilgan. Maqola natijalari badiiy matndagi leksik qarama-qarshiliklar orqali o'smirlar obrazining badiiy va ijtimoiy mazmunini chuqur tushunishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: Charlz Dikkens, o'smirlar obrazi, sinonim, antonim, leksik tahlil, xarakter, ijtimoiy muhit, adabiy til.