OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING EKOLOGIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING TA’LIM AMALIYOTIDAGI MAVJUD HOLATI
Mualliflar: Yuldoshev Shaxboz Xoshimjon o’g’li
Annotatsiya . XXI asr — global ekologik muammolar asri bo‘lib, inson faoliyati natijasida tabiatga bo‘lgan salbiy ta’sirlar keng ko‘lamda namoyon bo‘lmoqda. Atmosfera ifloslanishi, suv resurslarining kamayishi, tabiiy hududlarning degradatsiyasi hamda biologik xilma-xillikning yo‘qolishi kabi jarayonlar butun dunyo hamjamiyatini ekologik xavfsizlik masalalarini qayta ko‘rib chiqishga undamoqda. Ayniqsa, yosh avlod — kelajakning yetakchilari sifatida atrof-muhitni asrash va barqaror rivojlanish tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha yetarli bilim va madaniyatga ega bo‘lishi lozim. Kalit so'zlar: global ekologik,ekologik ong,ekologik madaniyat
