FIZIKA FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA TALABALAR KREATIVLIGINI SHAKLLANTIRISHDA TESKARI MUHANDISLIK USULIDAN FOYDALANISH
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada texnika oliy o‘quv yurtlarida fizika fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishda teskari muhandislik (reverse engineering) usulidan foydalanib talabalar kreativligini shakllantirish metodikasi ishlab chiqilgan. Teskari muhandislikning to‘rt bosqichli modeli – dekonstruksiya, rekonstruksiya, modifikatsiya va generatsiya – laboratoriya ishlariga moslashtirilgan. Elektr o‘lchov asboblari, optik qurilmalar va mexanik tizimlarni o‘rganishda ushbu metodikaning qo‘llanilishi konkret misollar asosida ko‘rsatilgan. Ishlab chiqilgan metodika talabalarning asbob-uskunalar ishlash tamoyilinilarini chuqur tushunishiga, mustaqil fikrlash va kreativ yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: teskari muhandislik, laboratoriya mashg‘ulotlari, kreativlik, fizika o‘qitish, elektr o‘lchov asboblari, optik asboblar, texnik ta’lim, innovatsion metodika.
