TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH: TA’SIRI, STRATEGIYALARI VA KELAJAK ISTIQBOLLARI




TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH: TA’SIRI, STRATEGIYALARI VA KELAJAK ISTIQBOLLARI


Mualliflar: Mamadaliyeva Nargiza Abdurasulovna

Annotatsiya Zamonaviy ta’lim tizimida talabalar mustaqil ta’lim olish qobiliyatini rivojlantirish muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada mustaqil ta’lim tushunchasi, uning talabalarning akademik natijalari va umrbod ta’lim (9life-long learning)dagi o‘rni, shuningdek, mustaqil ta’lim olishni rivojlantirish strategiyalari va unga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Mavjud ilmiy adabiyotlar asosida mustaqil ta’lim talabalarda o‘zini boshqarish, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va moslashuvchanlik kabi muhim kompetensiyalarni shakllantirishi aniqlangan. Shu bilan birga, ta’lim tizimidagi cheklovlar va individual farqlar mustaqil o‘qishni rivojlantirish jarayonida muayyan muammolarni keltirib chiqaradi. Kalit so'zlar: mustaqil ta’lim, o‘zini boshqarish, kompetensiya, uzluksiz ta’lim (life-long learning), ta’lim texnologiyalari