FIZIKA YOʻNALISHI TALABALARNING TADQIQOTCHILIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH




FIZIKA YOʻNALISHI TALABALARNING TADQIQOTCHILIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH


Mualliflar: Neʼmatullayev Abdulbosit Baxromjon oʻgʻli, Zaxidov Ibroximjon Obidjonovich

Annotatsiya Bugungi global mehnat bozori mustaqil fikrlovchi, ilmiy izlanish olib bora oladigan, innovatsion yondashuvga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni talab etmoqda. Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning, xususan bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik va metodik yondashuvlar tahlil qilingan. Talabalarning tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirish bosqichlari - muammoni aniqlash, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, gipoteza ishlab chiqish, tadqiqot metodlarini tanlash, tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish va natijalarni tahlil qilish jarayonlari tizimli asosda ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, muammoli ta’lim texnologiyasi, loyiha metodi, STEAM yondashuvi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish hamda mentorlik modeli tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali vositalari sifatida asoslab berilgan. Kalit so'zlar: tadqiqotchilik ko‘nikmalari; oliy ta’lim; ilmiy-tadqiqot faoliyati; kompetensiyaviy yondashuv; muammoli ta’lim; loyiha metodi; STEAM yondashuvi; raqamli ta’lim; mentorlik modeli