FIZIKA TA’LIMIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
Mualliflar: Saparova Gulmira Baxtiyorovna
Annotatsiya Ushbu maqolada fizika fanini o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning nazariy asoslari, amaliy imkoniyatlari va ta’lim samaradorligiga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot davomida AKT vositalari asosida tashkil etilgan darslar an’anaviy o‘qitish usullari bilan solishtirildi. Tajriba-sinov natijalari AKT asosida o‘qitish talabalarning bilim darajasi, mustaqil fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Kalit so'zlar: fizika ta’limi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, virtual laboratoriya, interaktiv ta’lim, raqamli pedagogika.
