BOSH MIYA VA UNING ASOSINI O‘RGANISHDA METODIK YONDASHUVLAR
Mualliflar: Валижанова Муаттар
Annotatsiya Maqolada tibbiyot oliy ta’lim muassasasida bosh miya va uning asosining anatomiyasini o‘qitishning metodik yondashuvlari yoritilgan. Bosh miyaning asosiy bo‘limlari ularning klinik ahamiyatini hisobga olgan holda strukturaviy-funktsional jihatdan tahlil qilingan. Nazariy materialni amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish usullari bilan integratsiyalash zarurligi asoslab berilgan bo‘lib, bu kelajakdagi shifokorlarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida samarali o‘qitish shakl va usullarini, hamda talabalar bilimini baholash vositalarini tanlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur material tibbiyot oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining o‘quv-uslubiy faoliyatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Kalit so'zlar: bosh miya, markaziy nerv tizimi, bosh miyaning asosi, katta yarimsharlar, miya ustuni, bosh miya nervlari, oraliq miya, miyacha, miya anatomiyasi, neyrofiziologiya.
