AN'ANAVIY VA FLIPPED CLASSROOM YONDASHUVLARINING MUSTAQIL TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHDAGI SAMARADORLIGI: NAZARIY TAHLIL




AN'ANAVIY VA FLIPPED CLASSROOM YONDASHUVLARINING MUSTAQIL TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHDAGI SAMARADORLIGI: NAZARIY TAHLIL


Mualliflar: Muminjonova Shaxlo Muzaffar qizi

Annotatsiya Maqolada zamonaviy oliy ta'limda qo'llanilayotgan an'anaviy va flipped classroom yondashuvlarining nazariy asoslari hamda ularning talabalarning mustaqil ta'lim ko'nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ikki pedagogik yondashuvning asosiy tamoyillari, nazariy bazasi va amaliy qo'llanilishi qiyosiy ko'rib chiqiladi. An'anaviy yondashuv strukturalashgan ta'lim muhitini ta'minlasa-da, flipped classroom modeli talabalarning faol ishtirokini, tanqidiy fikrlashini va mustaqil o'rganish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ko'proq imkoniyat yaratadi. Maqolada ikkala yondashuvning afzalliklari va cheklovlari, shuningdek, O'zbekiston oliy ta'lim tizimida ularni muvaffaqiyatli joriy etish yo'llari muhokama qilinadi. Kalit so'zlar: flipped classroom, an'anaviy o'qitish, mustaqil ta'lim, o'quvchi avtonomiyasi, til ta'limi, pedagogik yondashuvlar