YOSH YUNON RUM KURASHCHILARINING TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARINING QIYOSIY STATISTIK TAHLLILI
Mualliflar: Tursunov Shoxboz Ilg‘orjon o‘g‘li
Annotatsiya Mazkur tadqiqotda pedagogik tajriba yakunida 11–12 yoshli yunon-rum kurashchilarining umumiy jismoniy, maxsus jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari qiyosiy statistik jihatdan tahlil qilindi. Yakuniy pedagogik testlar natijalari t-student mezoni asosida qayta ishlanib, tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasidagi farqlar aniqlandi. Tahlil natijalari tajriba guruhida tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining ishonchli yaxshilanganini ko‘rsatdi (P<0,05), bu esa qo‘llanilgan mashg‘ulot metodikasining samaradorligini tasdiqlaydi. Kalit so'zlar: yunon-rum kurashi, yosh kurashchilar, jismoniy tayyorgarlik, maxsus tayyorgarlik, texnik-taktik tayyorgarlik, pedagogik tajriba, statistik tahlil.
