YOSH YUNON RUM KURASHCHILARINING TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARINING DASTLABKI OLINGAN NATIJALAR TAHLILI
Mualliflar: Tursunov Shoxboz Ilg‘orjon o‘g‘li
Annotatsiya Mazkur tadqiqotda 11-12 yoshli yunon-rum kurashchilarining pedagogik tajriba boshidagi umumiy jismoniy, maxsus jismoniy, hamda texnik-taktik tayyorgarlik ko‘satkichlari qiyosiy statistik jihatdan tahlil qilindi.Tadqiqot jarayonida tajriba va nazorat guruhlariga mansub sportchilarning tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida kompleks pedagogik testlar qo‘llanildi. Olingan natijalar asosida t-student me’zoni yordamida statistik qayta ishlash amalga oshirildi. Tahlil natijalari barcha tayyorgarlik komponentlari bo‘yicha guruhlar o‘rtasida ishonchli farqlar mavjud emasligini ko‘rsatdi (P>0,05). Bu holat sportchilarning boshlang‘ich tayyorgarlik darajasi teng ekanligini hamda pedagogik tajriba o‘tkazish uchun zarur ilmiy-metodik sharoitlar ta’minlanganini tasdiqlaydi. Kalit so'zlar: yunon-rum kurashi, yosh kurashchilar, jismoniy tayyorgarlik, maxsus tayyorgarlik, texnik-taktik tayyorgarlik, pedagogik tajriba, statistik tahlil.
