MATEMATIKA DARSLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH




MATEMATIKA DARSLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH


Mualliflar: Nafasov Ganisher Abdurashidovich, Yakhyoyev Dilmurodjon Tuychiyevich

Annotatsiya Ushbu maqolada zamonaviy raqamli transformatsiya sharoitida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini shakllantirish muammosiga bag‘ishlangan. Maqolada matematika darslarida GeoGebra, Desmos kabi dinamik matematik muhitlar hamda sun’iy intellektga asoslangan platformalarning kognitiv samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – raqamli vositalar yordamida o‘quvchilarning analiz, sintez, abstraksiyalash va umumlashtirish kabi mantiqiy operatsiyalarini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, vizual-sxematik modellashtirish o‘quvchilarning matematik qonuniyatlarni anglash darajasini 25-30% ga oshiradi. Kalit so'zlar: Raqamli didaktika, mantiqiy tafakkur, kognitiv rivojlanish, GeoGebra, algoritmlash, matematik modellashtirish, interaktiv ta’lim, evristik yondashuv.