TALABALARNING MA’NAVIY-AXLOQIY KOMPETENTLIGINI JADIDCHILIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION PEDAGOGIK MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Mualliflar: Abdullayev Ro‘zimuxammad Akramjon o‘g‘li
Annotatsiya Ushbu maqolada talabalarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini jadidchilik pedagogikasi asosida rivojlantirish masalasi atroflicha yoritilgan. Maqolada jadid ma’rifatparvarlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari zamonaviy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan holda tahlil qilinib, ularning bugungi kundagi pedagogik imkoniyatlari aniqlangan. Tarixiy-pedagogik tahlil, qiyosiy yondashuv va modellashtirish metodlari asosida talabalarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik mexanizm ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari jadidlar merosini o‘quv va tarbiyaviy jarayonga tizimli tatbiq etish talabalarda axloqiy barqarorlik, milliy ong va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Olingan xulosalar oliy ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya jarayonini takomillashtirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Kalit so'zlar: jadidchilik pedagogikasi, ma’naviy-axloqiy kompetentlik, ma’naviy tarbiya, milliy pedagogik meros, innovatsion pedagogik mexanizm, oliy ta’lim, axloqiy barqarorlik, jadid ma’rifatparvarlari.
