BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING HUQUQIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH




BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING HUQUQIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH


Mualliflar: Xolmatov Oybek Orifovich

Annotatsiya Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning huquqiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinib, huquqiy kompetentlikning mazmuni, tarkibiy qismlari hamda pedagogik faoliyatdagi ahamiyati kompetensiyaviy yondashuv asosida yoritilgan. Sun’iy intellektga asoslangan ta’lim platformalari, adaptiv o‘qitish tizimlari, virtual maslahatchilar va intellektual testlash vositalarining bo‘lajak o‘qituvchilarda huquqiy bilim, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari asoslab beriladi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim jarayonini individuallashtirish, huquqiy vaziyatlarni modellashtirish va talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini faollashtirish imkoniyatlari ochib beriladi. Natijada sun’iy intellektdan foydalanish bo‘lajak o‘qituvchilarning huquqiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, huquqiy kompetentlik, kompetensiyaviy yondashuv, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, raqamli ta’lim, intellektual ta’lim texnologiyalari.