OLIY TA’LIMNI XALQAROLASHTIRISH SHAROITIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI




OLIY TA’LIMNI XALQAROLASHTIRISH SHAROITIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI


Mualliflar: Egamberdiyev Oyatillox Alisher o‘g‘li

Annotatsiya Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimini xalqarolashtirish jarayonida bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Xalqaro ta’lim makoniga integratsiyalashuv sharoitida pedagog kadrlar tayyorlash sifatiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar, kompetensiyaviy yondashuvning mazmun-mohiyati hamda bo‘lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishda ta’lim jarayonini modernizatsiyalash masalalari yoritiladi. Kasbiy kompetentlikning tarkibiy komponentlari, ularni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, jumladan, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, xalqaro ta’lim standartlari va tajribalarini o‘quv jarayoniga joriy etish, talabalarning mustaqil va ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, pedagogik refleksiya va kasbiy motivatsiyani shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so'zlar: oliy ta’limni xalqarolashtirish, bo‘lajak pedagoglar, kasbiy kompetentlik, pedagogik shart-sharoitlar, kompetensiyaviy yondashuv, xalqaro ta’lim standartlari, innovatsion ta’lim texnologiyalari.