“MILLIY TARBIYA ASOSLARI” FANINI O‘QITISH MAZMUNI




“MILLIY TARBIYA ASOSLARI” FANINI O‘QITISH MAZMUNI


Mualliflar: Tursunov Alisher Yigitaliyevich

Annotatsiya Ushbu maqolada “Milliy tarbiya asoslari” fanini o‘qitish mazmuni, uning pedagogik maqsad va vazifalari, shuningdek, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan samarali metod va texnologiyalar tahlil qilinadi. Fan orqali o‘quvchilarda milliy ong, axloqiy va ma’naviy qadriyatlar, ijtimoiy mas’uliyat hamda madaniy merosga hurmat ruhini shakllantirishga e’tibor qaratiladi. Mazmunni ishlab chiqishda darsliklar, qo‘llanmalar, interfaol metodlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalari integratsiyalash orqali o‘quvchilarning shaxsiy, ma’naviy va estetik rivojlanishi samarali ta’minlanadi. Shuningdek, fan ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, tanqidiy qarashlarni shakllantirishga va milliy qadriyatlarni amaliy hayotga tatbiq etishga yo‘naltiradi. Kalit so'zlar: milliy tarbiya, tarbiya mazmuni, pedagogik metodlar, o‘quv dasturi, ma’naviy qadriyatlar, madaniy rivojlanish, milliy ong, ta’lim jarayoni, interfaol metodlar.