INGLIZ TILI MATERIALLARI ASOSIDA TALABALARDA UMUMMADANIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY-TEXNOLOGIK ASOSLARI
Mualliflar: Baydjanova Dinora Karimovna
Annotatsiya Mazkur maqola ingliz tili materiallari asosida talabalarda umummadaniy kompetentlikni rivojlantirishning amaliy-texnologik asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Chet tilini o‘qitish jarayonida madaniyatlararo muloqot, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy-madaniy bilimlarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ingliz tili darslarida autentik matnlar, kommunikativ vazifalar, interfaol metodlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalarning umummadaniy kompetentligini rivojlantirish yo‘llari yoritib beriladi. Shuningdek, o‘quv jarayonini texnologik jihatdan samarali tashkil etish, ta’lim natijalarini baholash mexanizmlari va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Kalit so'zlar: umummadaniy kompetentlik, chet tillarini o‘qitish, madaniyatlararo muloqot, ta’lim texnologiyalari, autentik matnlar, interfaol metodlar, kommunikativ yondashuv.
