O‘ZBEKISTON YOSHLARI DUNYOQARASHIDA DINIY VA DUNYOVIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI
Mualliflar: Abdullayev Azimjon Ashurvoy o‘g‘li
Annotatsiya Mazkur maqolada O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashida diniy va dunyoviy qadriyatlar uyg‘unligining ijtimoiy-falsafiy asoslari kompleks va tizimli yondashuv asosida tahlil etiladi. Tadqiqotda globallashuv, modernizatsiya va raqamli transformatsiya sharoitida yoshlar ongida shakllanayotgan aksiologik ustuvorliklar, normativ-me’yoriy orientirlar hamda identitet konstruksiyalarining o‘zgaruvchan tabiati ochib beriladi. Maqolada diniy qadriyatlarning ma’naviy-regulyativ funksiyasi bilan dunyoviy qadriyatlarning ratsional-institutsional mexanizmlari o‘rtasidagi dialektik munosabatlar yoshlar dunyoqarashida yuzaga kelayotgan sintez jarayonlari kontekstida asoslab beriladi. Kalit so'zlar: yoshlar dunyoqarashi, diniy qadriyatlar, dunyoviy qadriyatlar, aksiologiya, identitet, sekulyarizm, postsekulyar jamiyat, ijtimoiy ong, ma’naviy transformatsiya, globallashuv, modernizatsiya.
