IMKONIYATI CHEKLANGAN O‘QUVCHILARGA BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA DIFFERENSIAL YONDASHUV (KO‘RISHDA NUQSONI BOR O‘QUVCHILAR VA “NURLI MASKAN” MAKTAB-INTERNATI TAJRIBASI MISOLIDA)
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida biologiya fanini o‘qitishning metodologik asoslari, xususan, ko‘rishda nuqsoni bor o‘quvchilar uchun differensial yondashuvning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot doirasida Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 45-sonli “Nurli maskan” maktab-internatida taktil-relyefli didaktik vositalar (po‘kakli modellar) asosida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar natijalari tahlil qilingan. Maqolada biologik tushunchalarni taktil sezgi orqali shakllantirishning ilmiy-pedagogik samaradorligi amaliy tajriba natijalari asosida asoslab berilgan. Kalit so'zlar: differensial yondashuv, inklyuziv ta’lim, biologiya metodikasi, taktil sezgi, “Nurli maskan”, po‘kakli modellar, sitologiya, zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar, kognitiv rivojlanish.
