TEXNIK FANLARNI O‘QITISHDA ANTIFRIKSION POLIMER KOMPOZIT MATERIALLAR MISOLIDA TALABALARDA AMALIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH




TEXNIK FANLARNI O‘QITISHDA ANTIFRIKSION POLIMER KOMPOZIT MATERIALLAR MISOLIDA TALABALARDA AMALIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH


Mualliflar: Jalolova Zilola Xamidulla qizi

Annotatsiya Ushbu maqolada oliy texnik ta’lim muassasalarida texnik fanlarni o‘qitish jarayonida antifriksion-yeyilishga bardoshli polimer kompozit materiallar asosida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlarning ta’limiy ahamiyati yoritilgan. Paxta sanoati texnologik jihozlari misolida titish barabani qoziqchalari uchun mo‘ljallangan polimer kompozit qoplamalarning mexanik va tribologik xossalarini o‘rganish orqali talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari real ishlab chiqarish jarayonlariga yaqinlashtirilgan amaliy ta’lim talabalarning mustaqil fikrlashi, muhandislik tafakkuri va ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi. Kalit so'zlar: ta’lim sifati, kompetensiyaviy yondashuv, amaliy mashg‘ulotlar, texnik fanlar, polimer kompozit materiallar, muhandislik ta’limi.