KAR BOLALARNI OG‘ZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA LOGOPEDIK YONDASHUVLAR
Mualliflar: Karimova Farzona Abdusattor qizi
Annotatsiya Ushbu maqolada kar bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish jarayonida logopedik yondashuvning ahamiyati, tamoyillari va samarali metodlari yoritilgan. Nutq apparatini faollashtirish, eshitish qoldig‘idan foydalanish, artikulyatsion mashqlar, vizual qo‘llab-quvvatlash hamda multisensor yondashuvning o‘rni batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, logoped va surdopedagog hamkorligi, zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi ham amaliy misollar bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari kar bolalarda og‘zaki nutqni shakllantirish bosqichma-bosqich,bolaning egallash holatini inobatga olish va tizimli yondashuvni talab etishini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: kar bolalar, og‘zaki nutq, logopediya, surdopedagogika, artikulyatsiya, eshitish qoldig‘i, multisensor yondashuv, nutq rivoji, korreksion metodlar.
