BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINI KASBIY TAYYORLASH JARAYONIDA O‘QISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING O‘RNI
Mualliflar: Soliyev Umidjon Yulchivoyevich
Annotatsiya Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash jarayonida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari yoritiladi. Tadqiqotda o‘qish kompetensiyasining mohiyati, uning tarkibiy qismlari hamda ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan samarali pedagogik yondashuvlar, uch bosqichli o‘qish modeli (pre-reading, while-reading, post-reading) asosida ishlab chiqilgan mashqlar tizimi o‘rganiladi. Kalit so'zlar: o‘qish kompetensiyasi, kasbiy tayyorgarlik, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisi, pedagogik yondashuvlar, uch bosqichli o‘qish modeli, lingvodidaktika.
