BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA EKOLOGIK TA’LIM-TARBIYАNI RIVOJLANTIRISH
Mualliflar: S.T.Abdurahmanov, D.Nazarova
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida ekologik ta’limni tashkil etishda zamonaviy interfaol metodlar, amaliy faoliyatga asoslangan mashg’ulotlar va fanlararo integratsiya imkoniyatlari o’rganildi. Tajriba-sinov ishlari umumta’lim maktablarining 3–4-sinf o’quvchilari ishtirokida o’tkazilib, tajriba va nazorat guruhlari natijalari qiyosiy tahlil qilindi. Olingan natijalar ekologik ta’limni tizimli va maqsadli tashkil etish o’quvchilarning ekologik bilimi, ongi va madaniyatini rivojlantirishda yuqori samara berishini ko’rsatdi. Maqolada keltirilgan xulosa va takliflar boshlang’ich ta’lim tizimida ekologik ta’lim-tarbiyani takomillashtirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: Ekologik ta’lim-tarbiya, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, ekologik ong, ekologik madaniyat, interfaol metodlar, amaliy faoliyat, fanlararo integratsiya.
