6-SINF “TABIIY FANLAR” PREDMETINI OʻQITISHDA “MODDALARNING XOSSALARI” MAVZUSIDAGI FIZIK BILIMLAR VA ULARNING EKOLOGIK TUSHUNCHALAR BILAN BOG‘LANISHI




6-SINF “TABIIY FANLAR” PREDMETINI OʻQITISHDA “MODDALARNING XOSSALARI” MAVZUSIDAGI FIZIK BILIMLAR VA ULARNING EKOLOGIK TUSHUNCHALAR BILAN BOG‘LANISHI


Mualliflar: Karimov Abduraxmon Ma’rufjon oʻg‘li, Ibroximova E’tiborxon Anvarjon qizi, Zaxidov Ibroximjon Obidjonovich

Annotatsiya Mazkur maqolada umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 6-sinfi “Tabiiy fanlar” darsligidagi fizik bilimlarni fanlararo yondashuv asosida o‘qitish orqali o‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-metodik jihatlari yoritilgan boʻlib, u “Moddalarning xossalari” mavzusi misolida koʻrsatib berilgan. Taʼlim jarayonida fizik bilimlar va ularning ekologik tushunchalar bilan boglanishi darslarni loyihalash, muammoli ta’lim, amaliy tajribalar, loyihaviy ishlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali moddalarning xossalari: gazlar, agregat holatlar, issiqlik o‘tkazuvchanlik, elektr o‘tkazuvchanlik kabi fizik tushunchalar ekologik bilim va tushunchalar bilan bog‘lab o‘rganilgan. Kalit so'zlar: davlat dasturlari, “Tabiiy fanlar” darsligi, fizik bilimlar, fanlararo oʻqitish, ekologik tafakkur, atrof-muhit, moddalarning xossalari, ekologik ong va mas’uliyat.