UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING 8-SINF BIOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL USULLAR ORQALI TA’LIM JARAYONINING TARBIYAVIY JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Mualliflar: Madina Imomova
Annotatsiya Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf biologiya darslarida interfaol ta’lim usullaridan foydalanish orqali ta’lim jarayonining tarbiyaviy jihatlarini takomillashtirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, biologiya fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan interfaol metodlarning o‘quvchilarda mas’uliyat, sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyat va ijtimoiy faollikni shakllantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Tashkil etilgan tajriba-sinov ishlari natijalari asosida interfaol metodlar o‘quvchilarning bilim sifati bilan bir qatorda tarbiyaviy ko‘rsatkichlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi. Kalit so'zlar: Biologiya ta’limi, interfaol metodlar, aqliy hujum, xaritalash metodi, tarbiyaviy ta’lim, 8-sinf biologiya, kompetensiyaviy yondashuv, sog‘lom turmush tarzi, ekologik tarbiya.
