O‘ZBEKISTONDA TA’LIMNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA “TEXNOLOGIYA” FANI O‘QITUVCHISI INTELLEKTUAL-IJODIY SALOHIYATINI OPTIMALLASHTIRISHNING KONSEPTUAL STRATEGIYALARI




O‘ZBEKISTONDA TA’LIMNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA “TEXNOLOGIYA” FANI O‘QITUVCHISI INTELLEKTUAL-IJODIY SALOHIYATINI OPTIMALLASHTIRISHNING KONSEPTUAL STRATEGIYALARI


Mualliflar: Yunusov Laziz Erkinovich

Annotatsiya Ushbu maqolada global va milliy ta’lim transformatsiyasi sharoitida “Texnologiya” fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning metodologik va pedagogik jihatlari tadqiq etiladi. Muallif o‘qituvchining intellektual-ijodiy salohiyatini pedagogik tizimning markaziy elementi sifatida tahlil qilib, uni optimallashtirishning konseptual yo‘nalishlarini asoslab beradi. Maqolada “Texnologiya fani pedagogining shaxsiy va kasbiy o‘sishi o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik, shuningdek, innovatsion faoliyatga psixologik-pedagogik tayyorgarlikning strategik ahamiyati yoritilgan. Keltirilgan xulosalar o‘qituvchilarning kasbiy ehtiyojlarini qondirish va ularning pedagogik habitusini modernizatsiyalashga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: pedagogik transformatsiya, texnologik kompetensiya, intellektual salohiyat, akmeologik yondashuv, kreativlik, konseptual strategiya, kasbiy refleksivlik, pedagogik ekotizim, inson kapitali, texnologiya ta’limi.