GAZ QONUNLARI MAVZUSIDA MASALA YECHISH ORQALI O‘QUVCHILARNING MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH




GAZ QONUNLARI MAVZUSIDA MASALA YECHISH ORQALI O‘QUVCHILARNING MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH


Mualliflar: Nodirov Alisher Avazovich,Xoldorova Ruxsora Soyibjon qizi

Annotatsiya Mazkur maqolada umumta’lim maktablari kimyo kursida gaz qonunlari mavzusini o‘qitishda masala yechish metodining o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Gaz qonunlari (Boyl–Mariott, Sharl, Gey-Lyussak qonunlari hamda ideal gaz tenglamasi) mavzusi abstrakt tushunchalarga boy bo‘lib, o‘quvchilarda ularni tushunishda muayyan qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shu sababli mavzuni masalalar asosida o‘rgatish o‘quvchilarning tahliliy fikrlashini, solishtirish, xulosa chiqarish va mantiqiy bog‘lanishlarni aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada gaz qonunlariga oid hisoblash va mantiqiy masalalarni bosqichma-bosqich yechish jarayoni, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini faollashtirish usullari hamda amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash mumkin bo‘lgan metodik tavsiyalar bayon etilgan. Masala yechish jarayonida fizik kattaliklar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash, formulalarni to‘g‘ri tanlash va real hayotiy vaziyatlar bilan bog‘lash orqali o‘quvchilarda fanlararo integratsiya va tanqidiy fikrlash rivojlanadi. Tadqiqot natijalari gaz qonunlari mavzusida masalalar bilan ishlash bilimlarni mustahkamlash va dars samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: Gaz qonunlari, masala yechish, mantiqiy fikrlash, Boyl–Mariott qonuni, Sharl qonuni, Gey-Lyussak qonuni, ideal gaz tenglamasi, kimyo o‘qitish metodikasi, analitik fikrlash, hisoblash masalalari, muammoli ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, fanlararo integratsiya, amaliy mashg‘ulot, mustaqil ta’lim, didaktik material, o‘quv faoliyati, bilimni mustahkamlash, interfaol metodlar, dars samaradorligi