KOLLEKTIVLASHTIRISH SIYOSATINING O‘ZBEKISTONGA TA’SIRI VA UNING OQIBATLARI




KOLLEKTIVLASHTIRISH SIYOSATINING O‘ZBEKISTONGA TA’SIRI VA UNING OQIBATLARI


Mualliflar: Sunbula Qodirova

Annotatsiya Ushbu maqolada O‘zbekistonda sovetlar tomonidan amalga oshirilgan yer-suv islohoti va 1929 – 1933-yillardagi yoppasiga kollektivlashtirish siyosati, uning mazmun-mohiyati hamda oqibatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda “quloqlar”ni sinf sifatida tugatish siyosati, dehqon xo‘jaliklarini musodara qilish, surgunlar, majburiy birlashtirish, siyosiy terror va ma’muriy-buyruqbozlik usullarining kuchayishi tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, kollektivlashtirishga qarshi O‘zbekiston qishloqlarida kuzatilgan ommaviy noroziliklar, ularning shakllari, ko‘lamlari, sabablari hamda sovet hokimiyati tomonidan qo‘llangan zo‘ravonlik choralarining dehqonlar hayotiga ta’siri ochib beriladi. Kalit so'zlar: O‘zbekiston tarixi, kollektivlashtirish, quloqlashtirish, yer-suv islohoti, sovet siyosati, siyosiy terror, qatag‘on, dehqonlar noroziligi.